Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #8190

Zakovat savoli #8190

2005 yili italiyalik Luka Mori uyi joylashgan Parma shahri atrofini tomosha qilayotganida yonidagi joylardan farq qiluvchi to‘rtburchak joyni payqab qoladi. Bu yerni o‘rgangan arxeologlar qadimgi Rim davri villasini aniqlashgan. Luka Moridan ilhomlangan Skott Medri Burgundiyada bronza davridan to o‘rta asr davrigacha bo‘lgan yuzlab joylar topgan. Avstraliyalik Devid Kennedi esa Saudiya Arabistoni hududidagi 1240 kvadrat kilometr joydan mingdan ortiq arxeologik qazishmalar o‘tkazilishi mumkin joylarni aniqlagan.
Savol: Bu joylarni topilishiga yordam berganni 2 xorijiy so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Google Earth.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar