Zakovat savoli #8120
Bu zaxiradagi savol edi, lekin paketga qo’shishimizga to’g’ri keldi. Said Ahmadning Ufq romanida polvonlar va kurash bahslari haqida ham so'z boradi. Trilogiyaning birinchi qismida Ali polvon va O'sar polvonlar haqida so'z ketadi. Izbosganlik bu polvonlardan biri yeqilsa, ikkinchisi borib kurashga tushishar edi. Ali polvon bor maydonda hech ham maydonga tushmagan O'sar polvonni vodiy polvonlari maxsus bir nom bilan atashgan.
Savol: O'sha nomni ruscha so'z ishlatgan holda ikki so'zda aniq yozib bering.
Savol: O'sha nomni ruscha so'z ishlatgan holda ikki so'zda aniq yozib bering.
Javobni ko'rish
Zapasnoy polvon