Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #8027

Zakovat savoli #8027

Sultonmurod Olimning yozishicha, asrlar mobaynida tilimizda aksar mavhum otlar, jumladan, ma’naviy qadriyatlarni arabchadan kirib kelgan so‘zlar bilan nomlash rasm bo‘lgan (“adolat”, “saxovat”, “samimiyat”, “hamiyat”, “muruvvat” va hokazo). Biroq Uni sof o‘zbekcha so‘z bilan ifoda etamiz va uning arabchasini bilmaymiz ham. Tilimiz shu qadar boyki, U so‘zni ishlatmay turib ham bu tushunchani anglatadigan ifodalarga ega. “Vazifa” so‘zi ham shu ma’noga yaqin keladi, “ham qarz, ham farz” iborasi esa aynan U ma’nosini aks ettiradi. Konstitutsiyamizda ham bir qancha Ular tilga olingan.
Savol: Uni toping.
Javobni ko'rish

Burch.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar