Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #7999

Zakovat savoli #7999

Diqqat, savol matnida ikki o‘rindagi so‘zlar ALFA va BETTA bilan almashgan.
Filolog Shotursun Shomaqsudov: “ALFAdan BETTA chiqibdi!” iborasi haqida to‘xtalar ekan, odatda, ALFAga go‘sht solinmasligi, go‘sht solinmagach undan BETTA chiqmasligini aytadi. Bu iboraning majoziy ma’nosi ziqna, xasis odamdan bir sahovatli ish chiqib qolsa yoxud hech narsani bilmaydigan odamdan biror aqlli gap chiqib qolsa taajjublanishdan aytiladigan ibora ekanini ta’kidlaydi. ALFA o‘zbek va tojik oshxonasi taomi bo‘lib, bu ibora esa “Kesakdan o‘t chiqibdi” iborasiga sinonim hisoblanadi.
Savol: iborani original variantda yozib bering.
Javobni ko'rish

Ataladan suyak chiqibdi

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar