Zakovat savoli #7995
Kim Pik bosh miyada tug‘ma nuqson bilan tug‘ilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, korpus kallosumi yo‘qligi sababli miya neyronlari yangi aloqalarni yaratgan, shu sabab Kimning xotirasi bir necha marta kuchaygan. Kim 16 oyligida o‘qishni o‘rgangan, ko‘p va tez-tez o‘qigan. U 3 yoshida gazetalarni o‘qigan, notanish so‘zlarning ma’nosini tushunish uchun izohli lug‘atdan foydalangan. 18 yoshida Kim mahalliy Mormon jamoat markazida hisobchi bo‘lib ishga kirdi. U butun bo‘sh vaqtini adabiyotga bag‘ishlagan.
Savol: 1988-yilda ishlangan qaysi film uchun Kim prototip vazifasini o‘tagan?
Savol: 1988-yilda ishlangan qaysi film uchun Kim prototip vazifasini o‘tagan?
Javobni ko'rish
Yomg‘ir odam