Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #7976

Zakovat savoli #7976

Oktyabr oyi o‘zbek tili uchun muhim oy hisoblanadi. Bu yil til bayrami uchun Adliya vazirligi tomonidan ajoyib yangilikka qo‘l urildi. Unga ko‘ra, har qanday ismlar ma’nosini bilib olish va bo‘lajak farzandlarga ma’nosi teran bo‘lgan ismlarni tanlab qo‘yish uchun o‘ziga xos qidiruv tizimi ishga tushgan. Bu yangilikka bag‘ishlangan karikaturada o‘z ism-sharifi ma’nosini tushuntirayotgan shaxs “Ismim – tosh va po‘latdek mustahkam nevarasi, sher bolasi, to‘yda tug‘ilgan o‘g‘li” – tarzida ifodalaydi.
Savol: Ushbu karikaturadagi shaxs ism-sharifi aslini to‘liq holda yozib bering.
Javobni ko'rish

Toshpo‘latov Sherzod To‘ychiyevich

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar