Zakovat savoli #7794
Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 61 yoshli, 3 marta infarkt bilan og‘rigan keksa fuqaro tanishlaridan echki go‘shti va terisi kasallikka davo ekanini eshitib, yovvoyi echkilarni ovlashga tushgan. Fuqaro birinchi ovda 14 bosh echkini, keyingi safar 18 bosh bo‘z echkini ovlagan. Otaxon kasallikka davo topish ilinjida ovlab kelgan echkilarni pishirib yegan. Sud fuqaroga 3 yilga ozodlikdan cheklash jazosi belgilab, Ekologiya vazirligi foydasiga 141 mln 900 ming so‘m undirishni hukm chiqargan. Echki nomli uzum navi Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida koʻproq ekiladi.
Savol: Harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl holatida yozib bering.
Savol: Harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl holatida yozib bering.
Javobni ko'rish
Echkiemar.