Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #7664

Zakovat savoli #7664

Aytishlaricha bir shohning o’ta nodon o‘g‘li folbinlik hunarini o‘rganishga kirishadi. Saboqlar yakunlagach, o‘g‘lini sinovdan o‘tkazish uchun shoh kaftiga uzuk yashirib, kaftida nima borligini so‘raydi. O‘g‘il dastlab narsaning alomatlarni to‘g‘ri aytadi, shoh quvonib, endi nomini ayt deganida esa o’g’il U deb javob beradi. Shunda shoh “ha, bilim olibsan-ku, ammo farosating kirmabdi” deydi. Bir necha yil oldin Ohangaronning Qoraxitoy qishlog‘ida milodiy birinchi asrga oid uy-ro‘zg‘or buyumlari va U topilgani haqidagi maqolada “bekorga qadimda Qoraxitoy guruchlari mashur bo‘lmagan ekan” degan fikr aytilgan. Savol: Uni bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Tegirmon toshi.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar