Zakovat savoli #7621
Ma‘lumki turkiy xalqlar otni nihoyatda qadrlashgan, otlarga xuddi insonlar kabi ism berishgan. Bu xalq dostonlariga ham ko‘chgan. Go‘ro‘g‘lining tulpori - G‘irot, Alpomishniki - Boychibor. Qirg‘iz eposi qahramoni Manasning oti oq rangda ekanligi va qora xollari borligi ta'riflangan. Navoiy viloyati hududida shunday toponim uchraydi. Savol. Manasning oti qanday nomlangan?
Javobni ko'rish
Oqqula.