Zakovat savoli #7612
Blits. Aytgancha birinchi savolni o‘qishdan oldin, barchangizni ONA TILIMIZGA DAVLAT TILI MAQOMI berilganligining 34 yilligi munosabati bilan tabriklaymiz!
1.Bu atamani ilk bor XI asrda Nosir Xisrav qo’llagan. Sirdaryoning yuqori oqimi va Tiyanshan tog’ tizmalarining Shimoliy yon bag’irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan hudud bu atama bilan atalgan. Savol. Rus solnomalarida polovetslar, Vizantiya xronikalarida kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan bu hudud aholisi sharq solnomalari va arab manbalarida qanday atalgan?
2. Oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan bu etnik uyushma 3 qabiladan tashkil topgan; ular Xitoy solnomalarida meulo (yoki meuli), chjisi (yoki pofu) va tashili deb nomlangan. VI—VII asrlarda bular Oltoyning gʻarbiy qismida, Chorish daryosi (Ob daryosi oʻzanlaridan biri) havzasida, Irtish daryosining quyi oqimi boʻylarida, Tarbagʻatoyda hamda Jungʻoriyagacha boʻlgan katta hududda yashaganlar. Savol. Bu etnik uyushmaning biz bilgan nomini yozib bering.
3. Bu toʻqqiz qabila ittifoqi 8-asr o'rxun-enasoy yozuvlarida qayd etilgan. 7-asr boshida Turk xoqonligi tarkibida paydo boʻlgan. 744—45 yillarda Turk xoqonligi tormor etilgach, hozirgi Mo‘g‘uliston hududida oʻz davlatlarini tuzgan uygʻurlar qabila ittifoqida yetakchi mavqega ega boʻlishgan. Savol. bu to‘qqiz qabila ittifoqi umumiy nomda qanday atalgan?

Javobni ko'rish
1.Qipchoq. 2.Qarluq. 3.O‘g‘uz.