Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #7576

Zakovat savoli #7576

Bir necha yillar oldin, Toshkent Metropolitenida Wi-Fi o'rnatila boshlandi. Bundan maqsad albatta, yo'lovchilarga qulaylik yaratish edi. Xohlagan odam ushbu Wi-Fi dan tekinga foydalanishi mumkin edi. Faqatgina ro'yxatdan o'tsa bo'lgani. Ro'yxatdan o'tish uchun esa X talab etilar edi. Aynan shu sababli, dastlabki paytlarda ko'pchilik yo'lovchilar ushbu tekin Wi-Fi lardan foydalana olishmasdi.
Savol: X ni abbreviatura ishlatgan holda yozib bering!
Javobni ko'rish

SMS-kod

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar