Zakovat savoli #7394
1994-yili Fransiya sobiq prezidenti Mitteran O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu voqea haqidagi “Liberasyon” gazetasidagi maqolada yozilishicha, Mitteran O‘zbekistonga tashrifidan oldin og‘ir kasal bo‘lgan hamda tez orada vafot etishini sezgan. Shu sababli Mitteran o‘limidan oldin “Ulug‘vor va go‘zal” Samarqandi ko‘rmoqchi bo‘lgan ekan. Bu voqea haqidagi maqola nomida bir ibora bir oz o‘zgartirilgan.
Savol: Maqola nomini 4 so‘zda yozib bering.
Savol: Maqola nomini 4 so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Samarqandni ko‘rmoq va o‘lmoq