Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #7216

Zakovat savoli #7216

Mashhur insonlarning qaltis vaziyatdagi nozik javoblari ruknidan.
Vrach Sergey Botkin Peterburg harbiy-tibbiyot akademiyasida dars berib yurgan paytlari bir tanbal talabani 3-marta imtihondan yiqitadi. Shunda talabaning do‘stlari professor yoniga kelib, uning ahvoli og‘irligini, omadsizlikdan iztirob chekib, o‘z yuragiga pichoq sanchmoqchi ekanini aytishadi. Professor bunga javoban, hech qanday tashvishga hojat yo‘qligini ta’kidlab, talabaning bu ishni qilishiga shubhasi borligini aytadi.
Savol: Bu ishni qilish so‘zlari bilan almashtirilgan so‘zlarni toping.
Javobni ko'rish

Yuragini topish.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar