Zakovat savoli #7144
O‘ta rivojlangan hozirgi davrda IKS ham qadoqlanib do‘konlarda sotilmoqda. Yevropa do‘konlariga Senegaldan IKSning yashil ranglisi olib kelinadi. Eronda Magalat va Givexa vodiylaridan olib kelib maydalangani sotilsa, Germaniyada IKSga ziravor yoki sut qo‘shilgani ham sotuvga chiqarilar ekan. IKSlarni iste’molga yaroqli qilish uchun maxsus ishlov berishadi. Bizda uning qadoqlangani yo‘q, ammo IKSni xohlab qolishsa tabiiylarini iste’mol qilishadi.
Savol: IKSni toping.
Savol: IKSni toping.
Javobni ko'rish
Tuproq.