Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #7041

Zakovat savoli #7041

2-RAUND,10-SAVOL. U - taraqqiyot dushmani. Har qanday ijobiy o‘zgarishlarga qarshi bir odam. Uni jamiyat allaqachon chiqindi sifatida uloqtirib tashlagan. U shu darajada mutaassibki, ruhoniy bilimlarni ham yolchitib o‘rgangan emas. U shu darajada taraqqiyotdan orqada qolib ketganki, sho‘rolar maktabida o‘qiyotgan yosh qizchalarning maktabga ochiq borishi-yu ularning kiyinishi unga buzuqlik, g‘ayri shar’iy ko‘rinadi. U o‘z so‘zlari, savollari bilan o‘z ruhiy olamini ham namoyish qiladi. Bu olam g‘oyat kir va qop-qora zimistondan iborat. Bu uning qiroatxonada o‘zini tutishida, 12—13 yoshli o‘quvchi qizchaga bergan savollarida, umuman fikrlashida ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Yuqorida ta'rifi berilgan qahramon kimning asarida uchraydi.
Javobni ko'rish

A.Qodiriy

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar