Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #7033

Zakovat savoli #7033

1992-yilda Kim Ir Senning 80 yilligiga o‘g‘li o‘ziga xos sovg‘a qilishni niyat qiladi. Bu niyatini amalga oshirish uchun besh oy davomida butun Koreya chumchuqlarni ovlaydi. Ovlangan 700 mingta chumchuqlarning bo‘yin patlaridan IKS yasaladi va otaga sovg‘a qilinadi. IKS o‘zbek xalqida o‘z imkoniyatlarini bilmagan inson haqidagi iborada, shuningdek arzimagan narsa uchun hamma narsalardan voz kechib yuboruvchi odam haqidagi iborada uchraydi.
Savol: IKSni ayting.
Javobni ko'rish

Ko'rpa

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar