Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #7003

Zakovat savoli #7003

Ma’lumotlarga ko’ra bu materialni dastlab 1968-yilda Germaniyada kashf etishgan. Yuqori texnologik, qurilish hamda qoplamali kompozit material hisoblanadi ya’ni tabiiy va tabiatda uchramaydigan ikki xomashyoning o’zaro birikishidan hosil qilinadi. Yana ham aniqroq aytadigan bo’lsak, material - qalinligi 0,5 mm gacha bo'lgan ikkita oldindan bo'yalgan alyuminiy plitalardan iborat bo'lib, ular orasida o'rta qatlam – poliolefinlar asosidagi polimer kompozitsiyasidan tashkil topgan. Material nomi – ilk bor 1960-yillarda suratga olingan kino personaji nomiga o’xshash. Shuning uchun, hazilkash marketologlar materialni reklama qilishda personajning juda mashxur iqtibosidan matn sifatida foydalanishgan. Diqqat savol: Siz ham material nomini iqtibosni ishlatgan holda 3ta so’zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Bond, Alyuka Bond.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar