Zakovat savoli #6993
Intellektual to‘y.
Zakovat - kitob ulashish kabi foydali va elga osh tarqatishdek savobli loyiha. Chunki, savol tuzuvchilar o‘zi ko‘rgan va o‘qigan qiziq ma‘lumotlar ichidan qaymog‘ini savol shakliga solib, “intellektual to‘y” sahnasida ijro etib beradi. O‘zbek qayerda jamlanmasin, qadimiy protokol, ya’ni an‘ana bo‘yicha ish ko‘radi. Aniqrog’i to‘ydan oldin yig‘ilib, masalliqlar hozirlanadi. Farg’ona zakovat klubida ham asosiy to‘y har hafta yakshanba kuni bo‘ladi. Jamoalar navbati bilan o‘z mualliflik savollarini dasturxon yozib, ZIYOfat tortishadi. Eng qizig‘i, har bir to’yimizda bo’lganidek, shu tadbirdan oldin ham o’ziga hos marosim bo‘lib o’tadi. Diqqat savol: ushbu marosim nomini bir xil harflar bilan boshlanuvchi 2ta so’zda yozib bering.

Javobni ko'rish
"tarqatma to‘g‘rar"