Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #699

Zakovat savoli #699

Yevroparlamentda 27 mamlakatdan 705 ta deputat saylanadi. Hozirda ushbu organ dunyodagi eng taʼsirchan qonun chiqaruvchi organlardan biridir. Uning faoliyati uchun sarf-xarajat ham oʻziga yarasha. Misol uchun, 2021-yil uchun Yevroparlament yillik byudjeti 2 milliard yevrodan ortiq boʻlib, 22% xarajatlar bino, IT, maʼmuriyat xarajatlari, 26% xarajatlar siyosiy fraksiyalar faoliyatini qoʻllab quvvatlashga ketgan ekan.
Savol: Yevroparlament xarajatlarining 25%dan ortigʻi – 460 million yevro nima uchun sarflanganligini toping.
Javobni ko'rish

Tarjimonlik xarajatlari.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar