Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #676

Zakovat savoli #676

T.Malik "Shaytanatning jin ko'chalari" nomli kitobida yozilishicha o'g'rilar o'g'irlaydigan buyumlari yoki joyiga qarab turli toifalarga bo'linadi. Masalan, bozorda o'g'irlik qiladiganlar "рыночник", shahar transportida o'g'irlik qiladiganlar “гоншик” yoki “маршрутник” deb ataladi. Yana bir toifa bo’lib, ular yumronqoziq ("крот") deb ataladi. Aytish mumkinki, bu toifa o’g’rilarni yurtimizda faqat Toshkent shahridagina uchratish mumkin.
Diqqat savol: Yumronqoziqlar qanday o'g'rilar?
Javobni ko'rish

Metroda o'g'irlik qiladiganlar.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar