Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #6728

Zakovat savoli #6728

Ivan Pavlov haqidagi maqolada Professor Ilya Sion va Pavlov haqida tor doirada shunday latifa borligi aytiladi: emishki, Turgenev Sionga “Mumu”ni sovg‘a qilgan, u esa hayvonni yorib ko‘rib, itni Pavlovga topshiradi. O‘z navbatida uning ustida bir qator tajribalarni o‘tkazgan Pavlov itni Gerbert Uellsga namoyish etadi. Angliyaga qaytgan Uells “Mumu”ni 1859-yilda tug‘ilgan insonga beradi, yozuvchi bo‘lsa, itni Grimpen botqoqliklariga qo‘yib yuborib, kuzata boshlaydi. Natijada “U” paydo bo‘ladi.
Savol: U o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish

Baskervillar iti.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar