Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #6715

Zakovat savoli #6715

1980-yilda BBC radiosi Big Ben soatining mexanik tsiferblati zamonaviy elektron tsiferblatga almashtirilishini ma’lum qildi. 1975-yilda Avstraliyaning This Day Tonight yangiliklar dasturida endilikda bir daqiqa 100 soniyadan iborat bo‘lishi, ya’ni bir kecha kunduz 20 soatdan tashkil topishi haqida qaror qabul qilingani borasida axborot berildi. 2008-yilda BBC Antarktikada qishlash uchun Janubiy Amerikaga yo‘l olgan uchuvchi pingvinglar suratga olinganini ma’lum qildi.
Yuqoridagi ma’lumotlarning hammasi bir sanada e'lon qilingan.
Savol: Qaysi sanada?
Javobni ko'rish

1-aprel

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar