Zakovat savoli #6157
Said Ahmad turli bo’xtonlar asosida qamalib chiqqan. Qamoqda unga bir-biridan kulgili ayblar qo’ya boshlashadi. Ular jumlasiga: “Oting nega Said Ahmad,nima saidlar avlodidanmisan? Yo ota-onang Said Olimxonga taassub qilib qo’yganmi?” So’ng uning bir hikoyasiga yopishib oladi. Hikoyada “selsovet” raisi bo’lmish ayolning jonkuyarligi maqtalgan bo’lib,bu hikoyaning nomini ruschaga to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilsa ma’no o’zgarib ketardi. Ular shunga yopishib olishadi va “Sen feodalsan” deya tag’in bitta ayb taqashadi. O’sha hikoyaning nomini ayting?
Javobni ko'rish
Oqsoqol opa