Zakovat savoli #5950
Chingizxon ovni juda yaxshi ko'rgan. Qish boshida ov marosimini o'tkazgan. Unga ko'ra hayvonlarni ovlashda juda katta qo'shin bilan aylana qilinib sekin toraytirib borilgan. Jangchilar shu qadar jich bo'lganlarki bir birlariga tegib turishgan. Davraga xon kirib hayvonni birinchi bo'lib o'ldirib marosimni ochib bergan. Ushbu marosim oxirlarida udum bo'yicha qariyalarning ishtiroki ham bo'lgan.
Savol. Qariyalar davraga tushib qanday vazifani bajarishganini bir necha so`zda yozib bering.
Savol. Qariyalar davraga tushib qanday vazifani bajarishganini bir necha so`zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Davradagi qolgan hayvonlarni o`ldirmaslikni.