Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #5944

Zakovat savoli #5944

Qobusnomada chavgon o‘yini haqida quyidagicha hikoyat qilinadi. Bir kuni Amir binni Lays Xurosonga amir bo‘lgandan keyin chavgon o‘ynamoq uchun sahroga otlanadi. Lekin uning sipohsolari amir otining jilovidan ushlab uni chavgon o‘yiniga yubormasligini, agar borsa Xuroson amirligidan ayrilishi mumkinligini aytadi. Chunki Amir binni Lays SHUNDAY edi. Agar inson tushida SHUNDAY bo‘lib qolsa, yarim dinining ketishi yoki katta gunoh qilishi yoxud a’zolaridan biriga musibat yetishiga ishoradir.
Savol. SHUNDAY o‘rnidagi bir necha so‘zni aniq yozib bering.
Javobni ko'rish

Bir ko‘zi ko‘r.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar