Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #5861

Zakovat savoli #5861

Sharqshunos A.A. Semyonovning Abdulloh Marvarid tomonidan bitilgan “Sharafnoma” asariga tayanib yozishicha, Sulton Husayn Boyqaro 1487 yil kishida Marv turkmanlari oldida bo‘lganida ulardan Ozarbayjon hukmdori Yoqub oq qo‘yunli Kaspiy bo‘yidagi viloyatlarni temuriylardan tortib olish borasidagi rejalari to‘g‘risida maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi. Natijada ikki davlat hukmdorlari o‘rtasida munosabat taranglashadi. Urushning oldini olishni istagan Sulton bir ishni amalga oshirishga qaror qiladi. Lekin bundan mutlaqo xabari bo‘lmagan Xondamir va Bobur Mirzoning ushbu voqeaga noto‘g‘ri sharh berishlari bizda bir salbiy xulosaning shakllanib qolishiga sabab bo‘ldi.
Savol: Siz bizga Sulton Husayn Boyqaro qanday ishni amalga oshirganini yozib bering.
Javobni ko'rish

Astrobodga Alisher Navoiyni hokim qilib tayinlash

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar