Zakovat savoli #5748
Rivoyatlarga ko’ra Ahmad Yassaviy bir kuni shogirdini chaqirib unga shunday dedi: “Tongda bir oq tuya paydo bo’ladi, unga minib to’xtagan joyigacha borasan". Shogird mingan tuya Xuroson janubiga yo’l oladi va bir joyda to’xtab yurmay qo'yadi. Shogird qancha zo’rlamasin tuya baqirib o’rnidan qo’zg’almaydi. Natijada tuya yotib olgan joy keyinroq shunday atalib, shogirdni ham shu joyga nisbat berib atay boshlashgan ekan. Diqqat savol o’sha shogirdning kimligini yozib bering.
Javobni ko'rish
Sulaymon Boqirg’oniy (Hakim ota)