Zakovat savoli #564
Ushbu YORQIN (urg‘u berib o‘qilsin) sochli fransuz Niagara darasi uzra amalga oshirgan bir jarayonda hatto velosipeddan foydalangani haqida ma’lumotlar bor. Qo‘shimcha ma’lumot sifatida aytish mumkinki, uning akrofobiya bilan muammosi yo‘qligi aniq. Diqqat savol: Ushbu inson familyasini yozib bering.
Javobni ko'rish
Blonden