Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #5532

Zakovat savoli #5532

Qo‘qon xonligining harbiy general gubernatori Mixail Skobelev olimu fuzalolarni yig‘ib, rus madaniyatini namoyish etish maqsadida ularga balet qo‘yib beradi. Ko‘p ulamolar, tabiiyki, balet boshlanishi bilanoq boshlarini quyi solib yerga qarab olishadi. Ularning ichida Haziniy hazratlari ham bor edi. Boshlar balet tugaganidan so‘ngina ko‘tarilgan. Bu holatdan o‘ta ta’sirlangan generalning ayoli e’tiqod hurmati eridan ularni jazolamaslikni so‘raydi.
Skobelev: «Mayli ertalabgacha Qo’qonni tark qilsinlar», – deb buyruq beradi va o‘sha kecha Haziniyning mashhur g‘azali dunyoga keladi.
Diqqat savol: : ushbu g’azal bilan nomi bir xil bo’lgan roman yozgan adibni yozib bering.
Javobni ko'rish

Mirzakalon Ismoiliy

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar