Zakovat savoli #5456
Sirojiddin Sayyid ijodidan: Sening hasratlaring uzun, She’rlaring qisqa. Ne-ne gado ko‘rding, ne sulton ko‘rding. Nuh ming yil yashadi – Ko‘rdi bir to‘fon. Sen Nuh bo‘lmasang ham, ming to‘fon ko‘rding. Birovdan taxt qoldi, Birovdan - daraxt. Sendan meros qolmish baytlar - tug‘yoning. ...Agar ko‘ylak tiksang armonlaringdan, Egni but bo‘lardi yupun dunyoning. Sherda buyuk bir bobokalonimiz haqida soz boradi. Sherdagi ikki orinda uning hayot yoliga oid malumotlarga ishora qilingan. Savol: Sher sarlavhasini toping
Javobni ko'rish
PAHLAVON MAHMUD