Zakovat savoli #5300
INTERROBANG jamoasi navbatchiligi
Oldinlari vodiyda “ko’ch-ko’ch” degan odat bo’lgan. Unga ko’ra kishi o’zining “aybdor” chorvasi ustiga xurjun tashlagan va ko’chaga olib chiqqan. Shunda o’tkinchilar chorva egasidan: “Qayerga olib ketyapsiz buni?” – deb so’rashadi. Chorva egasi esa: “Sotgani olib ketyapman”, - deb javob qaytaradi. Buni eshitgan kishilar: “Unday qilmang, sotmang buni”, - deyishadi. Chorva egasi ko’cha odamlari gapiga kirgan bo’lib chorvani uyiga qaytarib olib kiradi. Aslida, maqsadi ham shu, ya’ni chorvani qo’rqitib qo’yish edi.
SAVOL: bu chorvaning “aybi” nima edi?

Javobni ko'rish
tug’ish vaqti o’tib ketgani.