Zakovat savoli #488
Oslodagi qirollik parkida ikkita yengilgan afsonaviy maxluqlarni bosib turgan, 1802-yilda tug‘ilgan mashhur insonning haykali bor. Bu maxluqlarni matematiklar hazil bilan beshinchi darajali tenglamalar va elliptik funksiyalar deyishadi. Ushbu inson nomida mashhur mukofot ham bor bo‘lib, Nobel mukofoti matematiklarga berilmaganligi sababli tashkil qilingan. Ushbu mukofotning so‘nggi egasi Dennis Sallivan hisoblanadi.
Savol: Ushbu mukofotni yoki insonning nomini yozib bering.
Savol: Ushbu mukofotni yoki insonning nomini yozib bering.
Javobni ko'rish
Abel (Abel mukofoti)