Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #4829

Zakovat savoli #4829

Alfa bilan bog’liq vaziyatdan aziyat chekadiganlardan biri bo’lgan Amerikalik Bard Jon Meyer 14 ta qo’shiqdan iborat “ Room for Squares “ albomini chiqarganida, bor-yo’g’I 0,2 soniya davom etuvchi va sukunatdan boshqa narsa bo’lmagan bir qo’shiq albomdan joy olgan. Shaxmat bo’yicha jahon chempioni Garri Kasparov esa alfadan umuman aziyat chekmaydi. Shuningdek Germaniyalik Maykl Ballak va uning hamkasblari urugvaylik Sebastyan Abreu va Italiyalik Alessandro Nesta ham Kasparov singari alfadan baxt topganlardan.
Diqqat savol: Alfa nimaligini topgan bo’lsangiz, fanda alfadan aziyat chekishni ifodalovchi yunoncha terminni hoxlasangiz asl holida hoxlasangiz tarjimasini yozib bering.
Javobni ko'rish

Treskaydekafobiya

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar