Zakovat savoli #4507
Agar siz Google qidiruv tizimiga BO’SHLIQ deb yozib qidiruv bersangiz google sizga quyidagi suratlarni chiqarib beradi: Freedom ship suzuvchi mehmonxonasi, Stounxendj, Mon-sen Mishel qasri, Dubaydagi suniiy palma oroli, Kiji cherkovi va hokazo. Xazilkash savol muallifining fikricha bunday qidiruvda Samarqandlik Norbek Nasimovning surati ham chiqishi kerak ekan. Diqqat savol: BO’SHLIQ bilan almashgan uch so’zni yozib bering!
Javobni ko'rish
Dunyoning sakkizinchi mo’jizasi