Zakovat savoli #446
2022-yil 1-fevral sanasida “Sug`ur kuni” bayramini nishonlash rejasi barbod bo`ldi. Chunki Nyu-Jersida ob-havoni bashorat qilib beruvchi, bahorning qanday kelishini taxmin qiluvchi Mel ismli sug`ur shu kuni hayotdan ko`z yumdi. Bu ma`lumotni yozgan Nota bene kanali admini “Butun Amerika vahimada ekanligini” aytadi va 1970-yilda nashr qilingan asarga ishora qiladi. Diqqat savol: Bu asar nomini yozib bering.
Javobni ko'rish
Javob: “Bahor qaytmaydi”.