Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #4381

Zakovat savoli #4381

Buxoro amirligi Qizil Armiya tomonidan mag’lub etilgach, Afg’onistonga chekingan amir lashkariga, shuningdek, vatan ozodligi uchun kurashish istagidagi insonlardan iborat qo’shinga laqay urug’idan chiqqan Ibrohimbek boshchilik qila boshlaydi. Ibrohimbekning qizil armiyaga zarbalari orasida, odatda, kichik-kichik guruhlarga bo’lingan holda, kutilmaganda, dashtu daralarda, qo’qqisdan qilgan hujumlari muvaffaqiyatli chiqqan. Bu jihatdan Ibrohimbekni, xalq orasida “Laqaydan chiqqan Bonapart”, shuningdek, “Laqaydan chiqqan U” deb atashgan. U haqidagi Wikipedia maqolasida Uolter Skotning asariga ham havola bor. Diqqat U kimligini yozib bering.
Javobni ko'rish

Robin Gud

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar