Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #4316

Zakovat savoli #4316

Savolda bu ishni qilish so'zlari boshqa so'zlarga almashtirilgan.
Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov arab mamlakatlaridan birida bo‘lganlarida bir odatga guvoh bo'lganlarini aytib beradilar. Unga ko'ra, ikki kishi janjallashib qolsa, ularni ajratayotgan uchinchi kishi g'azabdan tushish uchun ularga bu ishni qilishni buyurarkan. Shuningdek, muftiy xalqimizda ko'ngilsizlikka uchragan, xafa insonlarga ham bu ishni qilishni tavsiya qila turib, bir o'zbek maqoli ham bejizga aytilmasligini ta'kidlaydilar. Savol: Ushbu maqolni yozib bering.
Javobni ko'rish

O'tgan ishga salovat.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar