Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #4298

Zakovat savoli #4298

Mashhur g‘azalnavis Tavalloning bir nabirasi kichiklik paytida sho‘x va o‘yinqaroq bo‘lganligi uchun onasidan, ya’ni Tavalloning qizidan ko‘p gap eshitgan. Bir kuni ona qaysidir ishi uchun qizini urushib berayotganini ko‘rgan Tavallo o‘z nabirasining yonini olib, “Qizimni urushaverma, bolalikda hamma bolalar sho‘x va o‘yinqaroq bo‘ladi. Kel, yaxshisi, men unga o‘xshagan sho‘x, shaddod qizlarga bag‘ishlangan g‘azalimni o‘qib beray” deb o‘zining yangi g‘azalini o‘qib bergan ekan. Ushbu g‘azal keyinchalik mashhur qo‘shiqqa aylanib ketgan.
Savol: Tavalloning ushbu nabirasining ismi nima edi?
Javobni ko'rish

Dilbar

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar