Zakovat savoli #4288
Savol matnida SHUNDAY so’zi 2 so’zga almashtirilgan.
Toshkent zilzilasidan keyin bu haqida reportaj tayyorlash uchun “Комсомольская правда” gazetasi muxbiri Vasiliy Peskov Toshkentga tashrif buyuradi. U shahar vayronalarini kuzatish jarayonida asosan SHUNDAY Toshkent vayron bo‘lganini ta'kidlaydi. O’sha vaqtda SHUNDAY Toshkent shaharning to‘rtdan uch qismini tashkil etardi. O‘tgan asr o‘rtalarida Sovet Ittifoqida nomida SHUNDAY so’zlari qatnashgan asardan iqtibos keltirish “kontrrevolyutsion targ‘ibot va tashviqot” deya baholanib, jazolangan.
Savol: o‘sha asar nomini yozib bering.

Javobni ko'rish
Bir qavatli Amerika.