Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #4051

Zakovat savoli #4051

Abu Huyayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda, yozning issiq kunlarida Peshin namozini sovutib o‘qish tavsiya qilingan. Ulamolar ushbu sovutib o‘qish jumlasini, kechroq, ya’ni asr vaqtiga yaqinroq o‘qish deb tafsir qilishgan. Ammo peshin vaqti kirgandagi harorat asr vaqtidagi haroratdan pastroq bo‘ladi. Ulamolar buni bilishsada, namoz o‘quvchilarga qulay bo‘lishi uchun shunday deb xulosa berishgan. Yordam sifatida aytish mumkinki, buning masjidga kelganda peshin va asr namozini qo‘shib o‘qib ketishga aloqasi yo’q.
Diqqat savol: Namozga kelib ketuvchilarga qanday qulaylikni nazarda tutib ulamolar shunday deyishgan?
Javobni ko'rish

Namoz o‘quvchilar masjidga soyada kelib ketishlari uchun

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar