Zakovat savoli #4017
Qora tanlilarga nisbatan diskriminatsiya muammolari ko‘p yangrayotgan bir davrda, Afrikaning Oltin Ovozi, qo‘shiqchi Salif Keyta Oq Tanlilar huquqlarini himoya qilishni maqsad qilgan "Salif Keyta umumjahon fondi"ga asos solgan. Gap shundaki, Mali Imperiyasi asoschilari avlodidan bo‘lmish Salif Keytaning o‘zi ham Oq tanli bo‘lib, shu tufayli oilasi undan voz kechgan, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘idan quvilgan. Biz yuqoridagi matnda bir necha bor bir so‘zni ikki so‘zga almashtirdik.
Diqqat savol: almashtirilgan, lotinchadan kelib chiqqan so‘zni yozib bering.
Diqqat savol: almashtirilgan, lotinchadan kelib chiqqan so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Albinos