Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #3887

Zakovat savoli #3887

Rasmda siz Kamoliddin Behzod tomonidan chizilgan Shayboniyxon portretini ko‘rib turibsiz. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarida yozilishicha, bu rasmni Shayboniyxon 1507-yili Hirotni egallagannan keyin Behzodga majburan chizdirgan ekan. Xon Behzodga uni o‘zini ulug‘vor qilib chizishni buyuradi. Oddiy odam rasmdan hech bir kamchilik topolmas, Behzod xonni izzat-ikrom bilan tasvirlabdi deb o‘ylar edi. Behzod baribir rasmda yashirin ramziy ma’no orqali Shayboniyxonning aslida qanday hukmdor ekanligini tasvirlaydi.
Savol: Ushbu kartinada Kamoliddin Behzod chizgan qaysi element Shayboniyxonning yovuz qahramon ekanligini anglatgan?
Javobni ko'rish

Gilamdagi qizil rang.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar