Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37889

Zakovat savoli #37889

XIX asr o'rtalarida Irlandiyada kartoshka tanqisligi yuz beradi. Yuz minglab kishilar ochlikdan o'ladi. Qirolicha Viktoriya (hee o'sha...) irlandlarga yordam berish tugul, tashqi yordamlarni ham qaytarishga tirishadi. Usmoniy sulton Abdulmajid 10.000 funt yordam jo'natmoqchi bo'lganda Qirolicha: "Iltimos, 10 ming emas, 1000 funt jo'nating", - deydi. Bunga sabab qilib Qirolicha, albatta, irlandlarning qirilishini xohlayman, deb rostini ayta olmas edi. Lekin Sultonga bir bahona ko'rsata oladi. Sulton Qirolichani qutqarish uchun kamroq summa jo'natishga rozi bo'ladi.
SAVOL: nimadan qutqarishga?
Javobni ko'rish

Hijolatpazlikdan Izoh: Qirolicha Sultonga aytadi: "Irlandlar bizning xalq bo'la turib BIZ ularga 2000 funt ko'mak bera oldik, xolos. Siz 10.000 funt bersangiz, biz xijolatdan yer tagiga kiramiz-ku. 1000 funt jo'natsangiz, bizni hijolatpazlikdan qutqargan bo'lur edingiz".

Boshqa savollar