Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37882

Zakovat savoli #37882

Bir necha yillar avval bir gazetada olima ayol ota-onalardan BU ISHNI qilmasliklarini so'radi.
Ota-onalar to'g'ri tushunishi uchun bir rivoyatni ham keltirib o'tdi:
Yoqub alayhissalom bir maqsadni ko'zlab o'g'illariga shunday degan ekan: "Ey o'g'illarim, bitta eshikdan emas, turli eshiklardan kiringlar".
Yoqub alayhissalomning maqsadi nima ekanligini tushungan bo'lsangiz, olima ayol ota-onalardan qaysi ishni qilmaslikni so'raganini maksimal aniqlikda ayting?
Javobni ko'rish

BOLALARINI RASMINI IJTIMOIY TARMOQQA JOYLAMASLIK Izoh: Yoqub alayhissalomning maqsadi farzandlariga ko'z tegmasin degan ma'noda shunday degan ekanlar.

Boshqa savollar