Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37870

Zakovat savoli #37870

Bizning mintaqaga xos bu kasb egalari uzoq yillar katta hurmatga sazovor bo'lishgan. Ularning paydo bo'lishi va kishilar hayotida katta rol o'ynashi, avvalo, Islom dini ko'rsatmalariga amal qilish, qolaversa, qashshoq turmush sababli edi. Ularni ko'rgan so'nggi avlod ko'pincha qo'llarida kamoncha, ko'zlarida ko'zoynak bilan eslab qolgan,
Bu kasb egalarini emas, dinimizdagi qaysi taqiq ularning ahamiyatini oshirganini yozib bering?
Javobni ko'rish

siniq, labi uchgan idishlardan foydalanmaslik Gap chegachilar - chinni idishlarni yamovchilar haqida edi. Avvalo, dinimizning siniq idishlardan foydalanishni taqiqlashi, qolaversa, yangi idish sotib olishga qo'lning qisqalik qilishi bu kasb egalari rolini oshirib yuborgan. Superyelimlar yo'q davrda chegachilar qilgan ishlar sayyohlarni lol qoldirib kelgan.

Boshqa savollar