Zakovat savoli #37807
Qadimda xabarchilarning yo'llariga qurilgan maxsus minora X deb nomlangan ekan. Xabar uchun xizmat qilgan minorasimon qorovulxonalar, ichida istiqomat xonalari, tepasida esa kuzatish qafasi bo'lgan. Bu maxsus minoralar orqali favqulodda xabarlar tezlik bilan mamlakatga tarqagan. Bunday minoralar bugun qolmagan bo'lsada, lekin ularning X deb nomlanishi bilan bog'liq xalqimiz orasida bir iboradan hanuz hammamiz keng foydalanmiz. Ta'riflarga tayangan holda X ni topgan bo'lsangiz, iborani maksimal aniqlikda ayting?
Javobni ko'rish
Qulog'i DING bo'lmoq. Izoh: X - Ding, yani qadimda favqulodda holatlardan xabardor bo'lib turish maqsadida qurilgan minoralarning nomlanishi aynan shunday bo'lgan edi.