Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37801

Zakovat savoli #37801

1979 - yilning qish oylarida Afg‘onistonda bir guruh allaqanday kallakesarlar Sovet muassasalari hodimlari istiqomat qiladigan imoratga hujum qilishadi, ular 20 tacha SSSR fuqarosini o‘ldirishdi, Afg‘on polisiyasi ularga qarata o‘t ochadi. Qotillar tumtaraqay bo‘lishgandan so‘ng, polisiyachilar jinoyatchilarning ko‘pchiligini aslida afg‘on fuqarolari emasligini sezib qolishadi.
Diqqat savol: Polisiyachilar ularning ko‘p qismi Afg‘on fuqarolari emasligini qanday sezishgan?
Javobni ko'rish

Jinoyatchilarning ko‘pchiligi sallalarini noto‘g‘ri o‘rashgan. Izoh: Bilamizki musulmon davlatlarda salla o‘ramlari xar hil, ya’ni mazhablarga ko‘ra o‘raladi, ular afg‘on sallalarini xato o‘rashganidan polisiyachilar sezib qolishgan. Manba: Igor Bunichning «Partiyaning oltinlari» kitobi. (270 - bet)

Boshqa savollar