Zakovat savoli #37783

Rasmda siz Seul teleminorasini ko‘rib turibsiz. Seul teleminorasi tepalikda joylashgan va hammaga ko‘rinib turadi. Siz ko‘rib turgan suratda u yashil rangda tovlanmoqda. Shuningdek u yana sariq, ko‘k, qizil ranglarda tovlanishi ham mumkin. Diqqat savol: Teleminoraning bunday ranglarda tovlanish sababini aniq ayting?
Javobni ko'rish
Bu ranglar havo qanday holatdaligini ifodalaydi. Ko‘k rang - toza Yashil rang - yaxshi Sariq rang - iflos Qizil rang - xavfli «Ob - havo ma’lumotlari» javobini qabul qilolmayman. Chunki teleminora, Ertaga yomg‘ir yog‘ishi haqida, yoki tumanli bo‘lishi haqida xabar bermaydi.