Zakovat savoli #37755
Fransiyada boʻlib oʻtgan bir futbol oʻyinida burchak toʻpini darvozabon deyarli qarshiliksiz osongina tutib oladi. Bu oʻyinni sharhlovchisi esa darvozabonni bunday osonlik bilan toʻpni tutib olganini koʻrib "Darvozabon faqatgina u bilan kurash olib bordi" deydi. Versiyalardan biriga koʻra kim qalqondagi rasm tufayli shunday taxallus olgan?
Javobni ko'rish
Lyudovik XIV. Izoh: Darvozabon faqat koʻziga tushib turgan quyosh nuri bilan kurashadi. Lui XIV bir qancha janglarda quyosh tasviri bor oltin qalqonda janga kirgan.