Zakovat savoli #37737

Ko‘rib turgan san’at durdonangiz Vengriyalik buyuk rassom Tivadar Kostka Chontvariga tegishli. U bunday takrorlanmas asarini 1902 - yilda tugallaydi. Bu surat oddiy surat emas edi. Ammo Chontvarining bu suratining sirini, san’at ixlosmandlari uning vafotidan ancha keyingina payqashdi va surat narhi keskin ko‘tarilib ketdi. Suratga yaxshilab e’tibor qaratgan holda yoki biror predmet orqali uning sirini ochishga harakat qilib ko‘ring?
Javobni ko'rish
Izoh: Bu kartina sirini odamlar ko‘zgu yordamida payqashgan. Siz ham Telefonda turgan suratga kichik ko‘zguni vertikal qo‘ygan holda, yuzning teng yarmiga qo‘yib, ikki tarafga navbat bilan qarasangiz, ikki tomonda ikki hil qiyofani ko‘rishingiz mumkin. Chap tomonda najot qilayotgan qari baliqchini, o‘ng tomonda esa Shaytoni la’inni ko‘rasiz.